AsosiyDunyo

“Islom davlati” Nyu-Yorkda terakt sodir etish bilan tahdid qildi

“Islom davlati” terrorchilik guruhi AQShning N`yu-York shtatida qo`poruvchilik harakatlarini sodir etish bilan tahdid qilmoqda, deb xabar beradi “RIA Novosti”.

“Islom davlati” terrorchilik  guruhi a`zolari tomonidan suratga olinganligi aytilayotgan videorolikda  yuzi ko`rsatilmagan  erkak kurtkasi ostiga bomba yashirayotgani aks etgan. Taxminlarga ko`ra,  terrorchi Nyu-York shtatining aholi gavjum joylaridan birida o`zini o`zi portlatib yuborishi rejalashtirilgan.

Bundan oldin terrorchilik guruhi tomonidan AQSh poytaxti Vashington shahrida teraktni amalga oshirishni rejalashtirayotgani haqida xabar berilgan edi.
  

 

  

    Boshqa yangiliklar