AsosiyJamiyat

Koronavirus sababli O`zbekistondagi kinoteatrlar vaqtincha yopilmoqda

'Koronavirus sababli O`zbekistondagi kinoteatrlar vaqtincha yopilmoqda'ning rasmi

Mamlakatimiz hududida koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida O`zbekistondagi barcha kinoteatrlar yopiladi. "O`zbekkino" Milliy agentligi fuqarolarga filmlarni tomosha qilishning muqobil yo`llarini taklif qilmoqda
O`zbekiston hukumati tomonidan "Covid-19" koronavirusining tarqalishining oldini olish bo`yicha belgilangan chora-tadbirlarga ko`ra, "O`zbekkino" Milliy agentligi mamlakatdagi barcha kinoteatrlarning faoliyatini vaqtincha to`xtatadi.
Milliy agentlik davlat va nodavlat telekanallari orqali kinoteatrlarda namoyish etilayotgan hujjatli, badiiy va animasion filmlarni  teledasturlar efir jadvaliga kiritish loyihasini ishlab chiqmoqda.
“O`zbekkino" Milliy agentligi matbuot xizmatidan ma`lum qilishlaricha, tashkil etilayotgan loyihaga ko`ra," O`zbekkino " Milliy agentligi tomonidan davlat va nodavlat telekanallariga televizion namoyish qilish uchun badiiy, hujjatli , multiplakasion filmlar va boshqa kino mahsulotlarinining beg`araz asosda etkazib beriladigan maxsus paketi shakllantirilgan. 

Eslatib o`tamiz, 15 mart kuni soat 6.00 da Respublika Virusologiya institutida laboratoriyasida Fransiyada bo`lib qaytgan hamyurtimiz qonida koronovirus borligi qayd qilingan edi. 

    Boshqa yangiliklar