Bu haqda 15 mart, yakshanba kuni, O`zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov ishtirokida koronavirus tarqalishining oldini olish bo`yicha ko`rilayotgan choralarga bag`ishlagan brifingda ma`lum qilindi.
«Daryo»ning xabar berishicha, bosh vazir bu masalaga to`xtalar ekan, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan avtomobillar narxi oshishiga qarshi norozilik aksiyasi o`tkazishga chaqiruvlarni eslab o`tdi.
Abdulla Aripovning alohida qayd etishicha, norozilik aksiyasini o`tkazish chaqiruvi bilan tarmoqlarda xabar tarqatgan yigit ushlangan. «Hozir u: hazillashgandim deb, yig`lab o`tiribdi», — dedi Abdulla Aripov.
Hukumat rahbarining alohida qayd etishicha, bu yigitga nisbatan ham qonunda belgilangan chora ko`riladi.






