AsosiyJamiyat

Eronda qolib ketgan O`zbekiston fuqarolari olib kelinadi

'Eronda qolib ketgan O`zbekiston fuqarolari olib kelinadi'ning rasmi

Prezidentimizning alohida ko`rsatmasiga muvofiq, koronavirusning oldini olish chora-tadbirlariga ko`maklashish maqsadida Eron Islom Respublikasiga insonparvarlik yordami yuboriladi. 

Insonparvarlik yordami tarkibida bir martalik steril tibbiy qo`lqoplar, himoya qiluvchi kombinezon, maxsus tibbiy forma, tibbiy niqoblar, tibbiy doka, tibbiy spirt, gigienik gel, “Rutan” tabletkalari bor.

Yukni kuzatib borish va topshirish uchun Eronga O`zbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vazirining o`rinbosari boshchiligida delegasiya yuboriladi.

O`zbekiston delegasiyasi Eronda qolib ketgan 14 nafar yuk tashuvchi haydovchi, shuningdek, tadbirkorlar, talabalar va boshqa vatandoshlarimizni ham olib qaytadi. 

Boshqa yangiliklar