AsosiyJamiyat

“O`zbekneftgaz” Ozarboyjonning quruqlik va dengizdagi neft va gaz konlarini qidirish, burg`ulash ishlari bilan tanishdi

'“O`zbekneftgaz”  Ozarboyjonning quruqlik va dengizdagi neft va gaz konlarini qidirish, burg`ulash ishlari bilan tanishdi'ning rasmi

“O`zbekneftgaz” AJ delegasiyasi a`zolari uch kun davomida Ozarboyjon Respublikasining “Socar” kompaniyasiga o`zaro hamkorlik yuzasidan tashrif buyurishdi. Bu haqda jamiyatning Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tashrif doirasida, ushbu kompaniyaning tarkibiy qismi hisoblangan Geofizika va geologiya boshqarmasida ikkitomonlama manfaatli uchrashuv bo`lib o`tdi. Ushbu Boshqarma Ozarboyjon Respublikasida quruqlik va dengizdagi neft va gaz konlarini qidirish, chuqur burg`ulash uchun tuzilmalarni tayyorlash, geologik va geofizik tadqiqotlar o`tkazish, shuningdek konlarni ishlatish jarayonini geofizik nazorat qilish uchun mas`ul hisoblanadi.

“Socar” kompaniyasi a`zolari geofizika va geologiya boshqarmasini ishlab chiqarish bo`linmalari ishi alohida tanishtirgan holda, qidiruv geofizikasi, kon (quduq) geofizikasi, muhandislik, geologik topografik ishlar borasida batafsil tushuntirishlar berib o`tdilar.

Shuningdek, ular o`zlarining quduqlarda burg`ulash jarayonini boshqaruvchi va masofadan nazorat qiluvchi burg`ulash jarayonini masofadan turib monitoring qilish dasturi bilan bilan tanishdilar. 

Masofadan turib kuzatuv dasturi yordamida quduq burg`ulash jarayonining geotexnologik paramterlari real vaqt mobaynida mijozga uzatiladi. Ushbu dastur kunlik 24 soat davomida real vaqt rejimida neft va gaz quduqlarida sodir bo`layotgan jarayonlarni kuzatishga imkon beradi. “O`zbekneftgaz” AJ tizimidagi korxonalarda ham ushbu tajriba qo`llanilishiga kelishib olindi.

Bundan tashqari safar davomida quruqlik va dengizda geologik, geofizik tadqiqotlarni o`tkazish jarayonini tashkil etish, burg`ulash jarayonini monitoring va nazorat qilish, shuningdek, foydalaniladigan uskunalarni texnik, texnologik xususiyatlari va imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi.

Tashrif yakunida har ikkala kompaniyaning mutaxassislari muloqotni davom ettirishga va to`plangan ma`lumotlar yuzasidan neft va gaz geologiyasi, geofizikasi yuzasidan tajriba almashish bo`yicha “Yo`l xaritasi” tuzishga kelishib oldilar.

    Boshqa yangiliklar