Misrda koronavirus tarqalishining oldini olish uchun maktablar va universitetlar ikki hafta davomida yopiladi. Bu haqda Tarjumon.uz xabar bermoqda. Ayni paytda mamlakatda kasallanganlar soni 110 kishiga etdi va ikki kishi vafot etgan, dedi shanba kuni bosh vazir.
Misrda bundan oldin ommaviy yig`ilishlar bekor qilingan, ommaviy ibodatlarga ajratilgan vaqt cheklangan va mahalliy futbol ligasi ikki haftaga to`xtatilgan edi. Yakshanba kunidan dars mashg`ulotlarining to`xtatilishi ushbu choralarning davomidir.
«Biz kasallanganlarning soni ko`payib borayotgani sababli virusning tezlik bilan tarqalishning oldini olish uchun bunday ehtiyot choralarini ko`rishga qaror qildik», dedi Bosh vazir Mustafa Madbuli matbuot anjumanida.
Misr sog`liqni saqlash vazirligi shanba kuni kechqurun yana 17 kishida virus qayd etilganligini va bemorlarning umumiy soni 110 kishiga etganini ma`lum qildi.






