Avvalroq, Toshkentning Uchtepa tumanidagi 14 mart kuni portlash yuz bergani xabar qilingan edi. Bugun avtoservisdagi vayronalar ostidan mahalliy vaqt bilan 20:00 lar atrofida uchinchi qurbonning jasadi topildi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Dastlab bugun soat 11:00 atrofida yuz bergan gaz yoki kislorod ballonining yorilib ketishi oqibatida avtoservis binosi qisman vayron bo`lishi natijasida 2 kishi halok bo`lgandi va 4 nafar shaxs jarohtalnaganedi. Ayni paytda hodisa joyida FVVning avariya-qutqaruv kuchlari va boshqa tuzilmalar vakillari ish olib bormoqda, surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.






