“O`zbekiston Respublikasining fuqaroligi to`g`risida”gi Qonun (O`RQ-610-son, 13.03.2020 y.) Prezident tomonidan imzolandi.
Qonunga muvofiq, 1995 yil 1 yanvarga qadar O`zbekiston hududiga kirib kelgan va doimiy propiskadan o`tgan, chet davlat fuqaroligini qabul qilmagan hamda mazkur Qonun kuchga kirguniga qadar fuqaroligi bo`lmagan shaxs O`zbekiston fuqarosi deb tan olinadi.
Qonun bilan Prezident huzuridagi Fuqarolik masalalari bo`yicha komissiyaning maqomi, asosiy vazifalari va vakolatlari belgilandi. Jumladan, Komissiya O`zbekiston fuqaroligi masalalariga oid iltimosnomalarni ko`rib chiqadi, Prezidentga ushbu masalalar yuzasidan takliflar kiritadi.
Qonunga ko`ra, O`zbekiston fuqaroligi masalalarini ko`rib chiqishda idoralararo elektron hamkorlik shakllantiriladi.
Ushbu Qonun rasmiy e`lon qilingan kundan e`tiboran 6 oy o`tgach kuchga kiradi.
Qonunning ayrim moddalari va bandlari 2020 yil 1 apreldan e`tiboran amalga kiritiladi.






