13 mart juma kuni Keniya, Efiopiya, Sudan va Gvineyada koronavirus bilan kasallangan ilk bemorlar qayd etildi. Bu bilan Afrika qit`asidagi virus tarqalgan mamlakatlar 18 taga etdi.
Afrika qit`asi shu vaqtga qadar COVID-19 ning tez tarqalishidan saqalanib kelayotgandi. Virus ayni damda dunyo bo`ylab kamida 127,000 odamga yuqdi va u sababli 4,700 nafar odam halok bo`ldi.
Afrikadagi kasallanganlarning aksariyati chet elliklar yoki chet elga sayohat qilgan odamlardir. Virusning tez tarqalishini cheklash uchun tezkor sinov va karantinlar joriy etildi. Ammo qora qit`aning ushbu kasallikka qarshi kurashish qobiliyati borasida xavotirlar kuchaymoqda.
Koronavirus Afrikaning Marokash, Tunis, Misr, Jazoir, Senegal, Togo, Kamerun, Burkina-Faso, Kongo Demokratik Respublikasi, Janubiy Afrika, Nigeriya, Kot-d`Ivuar, Gabon, Gana, Gvineya, Sudan, Keniya va Efiopiya davlatlarida qayd etilgan.
Keniya poytaxti Nayrobida hukumat barcha yirik ommaviy tadbirlarni taqiqladi va chet elga chiqish cheklanishini aytdi. Efiopiya poytaxti Addis Abeba meri fuqarolarni yaqin aloqa qilishdan qochishga chaqirdi, ammo sog`liqni saqlash vaziri parvozlarni bekor qilish rejalari yo`qligini ma`lum qilgan.






