AsosiyJamiyat

“O`zbekneftgaz”: “Natural Gas-Stream” qo`shma korxonasi bilan hamkorlikda burg`ulash va 3D seysmik qidiruv ishlari olib borilmoqda

'“O`zbekneftgaz”: “Natural Gas-Stream” qo`shma korxonasi bilan hamkorlikda burg`ulash va 3D seysmik qidiruv ishlari olib borilmoqda'ning rasmi

"O`zbekneftgaz" Matbuot xizmatining xabar berishicha, “Natural Gas-Stream” tomonidan “Sechanko`l”, “Oqjar” va “Chimboy” investision bloklarida geologik qidiruv ishlarini olib borish hamda “Urga”, “Oqchaloq” va “Chandir” guruhi konlarida qazish ishlarini amalga oshirish investision loyihalar amalga oshirilmoqda.

Hozirgi kunga qadar loyiha doirasida 25 ta quduqda burg`ulash ishlari tugatildi va 600 kv.km. maydonda 3D seysmik qidiruv ishlari o`tkazildi.

Tabiiy gaz qazib chiqarishni ko`paytirish maqsadida “Natural Gas-Stream” tomonidan 2 ta quduqda burg`ulash, 6 ta quduqda yon stvolini kesish va 11 ta quduqda kapital ta`mirlash bo`yicha amaliy chora tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan. Uni amalga oshirish natijasida kunlik tabiiy gaz qazib chiqarishni 3,66 mln. kub metrdan 4 mln. kub metrgacha etkazish rejalashtirilgan.

    Boshqa yangiliklar