AsosiyJamiyat

Nukusda “Temur tuzuklari bilimdoni” tanlovining birinchi bosqichi o`tkazildi

'Nukusda “Temur tuzuklari bilimdoni” tanlovining birinchi bosqichi o`tkazildi'ning rasmi

Bugun, 12 mart kuni O`zbekiston Respublikasi yoshlar ittifoqi Qoraqalpog`iston Respublikasi kengashi tomonidan Qurolli Kuchlar tizimidagi harbiy qism va muassasalari yosh harbiy xizmatchilari va xodimlari o`rtasida “Temur tuzuklari bilimdoni” tanlovining birinchi bosqichi o`tkazildi. Bu haqda Darakchi.uz ga Shimoli-g`arbiy harbiy okrug matbuot xizmati xabar berdi.

Ta`kidlash joizki, mazkur tanlov O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 4 avgustdagi “O`zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilarining ma`naviy-ma`rifiy saviyasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish to`g`risida”gi PQ-3898-son Qarori ijrosini ta`minlash maqsadida o`tkazib kelinmoqda.

Uch bosqichdan iborat bo`lgan tanlovning dastlabki bosqichi bo`yicha harbiy qism va muassasalarda xizmat qilayotgan 30 yoshdan oshmagan harbiy xizmatchilar va xodimlar o`rtasida o`tkazildi. Bunda eng yuqori ballni qo`lga kiritgan g`oliblarga tanlovning ikkinchi bosqichida ishtirok etish uchun yo`llanma berildi.

Tanlovning birinchi bosqichida O`zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Shimoli-g`arbiy harbiy okrugi harbiy qismlari, Qoraqalpog`iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, Bojxona boshqarmasi, Milliy gvardiyaning Qoraqalpog`iston Respublikasi bo`yicha boshqarmasi va Qo`riqlash boshqarmasi, Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo`shinlari harbiy qismlarining yosh harbiy xizmatchi va xodimlari Temur tuzuklaridan tuzilgan testlar bo`yicha bilimlarini sinovdan o`tkazdi.

Tanlovning asosiy maqsadi, kitobxonlik madaniyatini oshirish, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, muddatli harbiy xizmatchilarning ma`naviy tarbiyasini yanada yuksaltirish, nazariy bilimlarini boyitish va o`z iqtidorlarini namoyish etish hamda buyuk sarkarda Amir Temur va Temuriylar tarixini chuqur o`rganish, xalqimizga xos bunyodkorlik, halollik, fidoyilik singari ezgu g`oyalarni yoshlar orasida keng targ`ib qilishdan iborat.

    Boshqa yangiliklar