AsosiyJamiyat

"Ishga marhamat" Monomarkazi va O`zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent shahar Kengashi o`rtasida o`zaro hamkorlik Memorandumi imzolandi

'"Ishga marhamat" Monomarkazi va O`zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent shahar Kengashi o`rtasida o`zaro hamkorlik Memorandumi imzolandi'ning rasmi

Bugungi kunda Toshkent shahar aholisi 2 million 400 ming nafardan oshdi. Ulardan, 435 ming 397 nafari 18 yoshdan 30 yoshgacha bo`lgan yoshlardir.

Qayd  etilishicha, poytaxtda yoshlarning 5 ming 759 nafari ishsiz. Ularning 3 ming 37 nafari band bo`lmagan, 2 ming 51 nafari ta`lim muassasalari va muddatli harbiy xizmatni tamomlab ish topa olmagan, 524 nafari imkoniyati cheklangan va 147 nafari jazoni o`tash muassasalaridan ozod bo`lgan yoshlardir. 

Yoshlar bandligini ta`minlash shahar iqtisodiyotini rivojlantirish va yoshlar tadbirkorligini qo`llab-quvvatlash maqsadida O`zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent shahar Kengashi va O`zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tasarrufidagi Band bo`lmagan aholiga xizmat ko`rsatuvchi “Ishga marhamat” Monomarkazi o`rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Ushbu memorandum orqali 2020-2025 yillarda Toshkent shahrida ishsiz yoshlar bandligini ta`minlashga ko`maklashishga qaratilgan kasb-hunarga yo`naltirish bo`yicha “Yo`l xaritasi” tasdiqlandi.

Memorandum asosida Toshkent shahrida yoshlar o`rtasidagi ishsizlikni oldini olish, bandlikni ta`minlash va kasb-hunarga qayta tayyorlash bo`yicha fuqarolarni o`zini o`zi boshqarish organlari va yoshlar vakillaridan iborat jamoatchilik nazoratini yanada kuchaytirish nazarda tutilmoqda.

Shu bilan bir qatorda, O`zbekiston yoshlar ittifoqining “Ishga marhamat” Monomarkazida boshlang`ich tashkiloti ta`sis etildi. Mardon G`ulomnazarov bir ovozdan ushbu monomarkazdagi boshlang`ich tashkilot etakchisi etib saylandi.

    Boshqa yangiliklar