AsosiyJinoyat

Buxorolik ayol o`z nabirasining "qurbon"iga aylandi

'Buxorolik ayol o`z nabirasining "qurbon"iga aylandi'ning rasmi

Buxoro. 2020 yil 10 mart kuni 78 yoshli F.S., Peshko` tumani IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda noma`lum shaxs uning uyidan 10.600 AQSh dollari miqdoridagi pullarni yashirin ravishda talon-taroj qilganligini ma`lum qilgan.

Ko`rilgan choralar natijasida, ushbu jinoyatni F.S., bilan bir manzilda yashovchi nabirasi 28 yoshli Z.Sh., sodir etganligi aniqlangan. Z.Sh. uzoq vaqt davomida ushbu pullarni talon-taroj qilib yurganligi, o`g`irlangan pullarni o`zining ehtiyojlariga ishlatganligi, bundan tashqari o`g`irlangan puldan 1.300 AQSh dollarini o`zining tanishi S.F.,ga qarz sifatida berganligi aniqlanib, S.F., dan ushbu pullar ash`yoviy dalil tariqasida rasmiylashtirilib olingan. Qolgan pullar nimaga ishlatilganligiga aniqlik kiritilganda Z.Sh., o`z extiyojlariga, ya`ni kiyim-kechak sotib olishga, o`z avtomashinasiga ehtiyot qismlari va ko`ngil xushlik uchun sarflaganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Peshko` tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “a” bandi (o`g`irlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan va Z.Sh., gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.

    Boshqa yangiliklar