Bosh prokuratura huzuridagi Departamentining Sariosiyo tuman bo`limi tomonidan olingan tezkor ma`lumotlar va to`plangan hujjatlarga asosan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruv o`tkazdi. Bu haqda Bosh prokuratura Darakchiga xabar bergan.
ATB “Qishloq qurilish bank” Sariosiyo filiali chakana xizmatlar bo`limi boshlig`i Sh.Sh. va boshqalar noqonuniy daromad orttirish maqsadida tuman xalq ta`limi tizimidagi maktab o`qituvchilari va xodimlariga to`lanishi kerak bo`lgan 2019 yil dekabr va joriy yilning yanvar oyi uchun ish haqlari va avans pullari hisobidan jami 1,2 mlrd so`m pul mablag`larini bank kassasidan olishgan. Mablag`ni o`zlarining shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatib yuborishib, juda ko`p miqdordagi byudjet mablag`larini talon-toroj qilganliklari aniqlangan.
Shuningdek, ushbu tekshiruv davomida Sh.Sh. va boshqalar tomonidan o`zlashtirilgan 1,2 mlrd so`m byudjet pul mablag`lari Departament tashabbusi bilan undirilgan. Mazkur holat yuzasidan Sh.Sh. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






