Prezident Farmoniga asosan Sardor Uktamovich Umurzakov Bosh vazirning investisiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo`yicha o`rinbosari – investisiyalar va tashqi savdo vaziri lavozimiga tasdiqlandi.
Shuningdek, Prezidentning tegishli qarorlariga ko`ra:
• Aziz Botirovich Voitov investisiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o`rinbosari lavozimiga tayinlandi;
• Alisher Xabibullaevich Abdualiev esa boshqa ishga o`tishi munosabati bilan ushbu lavozimdan ozod etildi.






