AsosiyJamiyat

Haydovchilikka nomzodlarga beriladigan guvohnomaning ko`rinishi o`zgaradi

'Haydovchilikka nomzodlarga beriladigan guvohnomaning ko`rinishi o`zgaradi'ning rasmi

Transport, Oliy va o`rta maxsus ta`lim hamda Ichki ishlar vazirligining “O`zbekiston Respublikasida avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash bilan shug`ullanuvchi ta`lim muassasalarini bitirgan haydovchilikka nomzodlarga beriladigan yagona namunadagi guvohnomani berish tartibi to`g`risidagi nizomiga o`zgartirishlar kiritish to`g`risida”gi qaror loyihasi e`lon qilindi.

Unga ko`ra imtihonlar natijasi haqida imtihon komissiyasi raisi va a`zolari tomonidan bayonnoma to`ldiriladi, so`ngra ta`lim muassasasi rahbari tomonidan imzolanadi.

Guvohnomaning tashqi ko`rinishida O`zbekiston Respublikasining himoyalangan gerbi ifodalanadi, ichki ko`rinishida esa guvohnomaning hududiy kodi, seriyasi va ro`yxat raqami, ta`lim muassasasining nomi, nomzodning familiyasi, ismi-sharifi, o`qish muddati, o`quv dasturining nomi, imtihon topshirgan fanlarning nomi, imtihon natijasiga ko`ra olgan bahosi hamda berilgan haydovchilik guvohnomasining seriyasi va ro`yxat raqami yoziladi.

    Boshqa yangiliklar