Kasbi stilist-sartarosh bo`lgan yigitga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 113-moddasi, 228-moddasi 1-1006-2003/109-sonli jinoyat ishi ochilgan. Bu haqda jahon.uz xabar bergan.
Ma`lum bo`linishicha, Toshkent shahrida 1987 yilda tug`ilgan M.A.M.o`g`li go`zallik salonida ishlash maqsadida unga ilgari qonuniy yo`l bilan olingan tibbiyot kitobchasining muddati tugaganligini bila turib, ushbu tibbiyot kitobchasiga soxta ma`lumotlar kiritish orqali qalbakilashtirib, qalbaki hujjatni “Lyfe style” go`zallik saloniga ishga kirish uchun taqdim etib, undan foydalangani aytilmoqda.
U ancha yillardan buyon go`zallik salonlarida ayollar sartaroshi bo`lib ishlab kelgan va Toshkent shahrida joylashgan go`zallik salonida ishlayotgan vaqtida tibbiy ko`rikdan o`tib, qon analizlarini topshirgan hamda unda OIV infeksiyasi mavjudligi aniqlangani, shundan so`ng uni Toshkent shahar OITSga qarshi kurashish markazida ro`yxatga olingan.
M.A. M.o`g`li go`zallik salonida boshqa hamkasblari bilan ishlayotganlarida ichki ishlar xodimlari kelishib, tegishli tartibda hujjatlarni rasmiylashtirishgan. Olib borilgan surishtiruv-tergov harakatlarida aniqlanishicha, uning Qozog`iston Respublikasining Chimkent shahridagi mehmonxonada himoyalanmagan holda erkak kishi bilan jinsiy aloqada bo`lgani, o`tgan yillar mobaynida 5-6 marta erkaklar bilan jinsiy aloqada bo`lgani aniqlangan.
Eslatib o`tamiz, O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirining 2014 yil 23 apreldagi 7-sonli buyrug`i bilan tasdiqlangan “Odamning immunitet tanqisligi virusini yuqtirib olgan shaxslar ishlashi man etilgan kasbiy faoliyat turlari ro`yxat”ida, mazkur virusni yuqtirib olgan shaxslar soch va soqol olish, pirsing, manikyur, pedikyur hamda tatuaj bilan bog`liq kasblarda ishlashi man qilingan.
Agarda, M.A.M.o`g`lining aybi sudda isbotlansa u jinoiy javobgarlikka tortiladi.
11.03.2020 07:06
Toshkentda kasallikga chalingan sartarosh ayollar go`zallik salonida ishlagani aniqlandi






