AsosiyJinoyat

Namangandagi hiyobonda 52 yoshli fuqaro tanishini pichoqlab o`ldirdi

'Namangandagi hiyobonda 52 yoshli fuqaro tanishini pichoqlab o`ldirdi'ning rasmi

Namangan viloyatida hiyobonda 52 yoshli I.M. ismli fuqaro o`zaro janjallashish oqibatida tanishi 50 yoshli B.N.ni pichoqlab o`ldirdi. Bu voqea 2020 yilning 7 mart kuni soat 15:00lar atrofida O`zbekiston ko`chasidagi hiyobonda sodir bo`ldi. Bu haqda O`zbekiston Respkblikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

Pichoqbozlikni sodir etgan muqaddam sudlangan shaxs qilgulikni qilib, voqea joyidan yashiringan. Natijada, jarohatlangan B.N. ko`p qon yo`qotishi oqibatida hodisa joyida vafot etgan. Ko`rilgan choralar natijasida I.M. ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan O`zbekiston Respublikasi JKning 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (o`limga sabab bo`lgan, qasddan badanga og`ir shikast etkazish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. I.M. gumonlanuvchi tariqasida jalb qilingan. Bu holat yuzasidan dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.

Boshqa yangiliklar