AsosiyDunyo

Koronavirusdan eng ko`p o`lim qaysi mamlakatda kuzatilmoqda?

'Koronavirusdan eng ko`p o`lim qaysi mamlakatda kuzatilmoqda?'ning rasmi

Italiyada koronavirusga chalingan bemorlarning har yigirma nafaridan birida o`lim holati qayd etilmoqda. Bu haqda RIA Novosti manbalariga tayanib O`zA ma`lum qildi.

O`tgan yakshanba kuni Italiyada koronavirusdan vafot etganlar soni 366 kishiga etdi. Bu mamlakatdagi jami kasallikka chalinganlarning 4,96 foizini tashkil etadi.

Eng ko`p o`lim AQShda ham kuzatilmoqda. Bu erda 472 kishi virusga chalingan bo`lsa, ularning 19 nafari hayot bilan vidolashgan (4,03 foiz). Uchinchi o`rinda Xitoy (3,83 foiz), to`rtinchi o`rinda Eron (2,96 foiz) bormoqda.

Koronavirusga chalinganlar orasida eng kam o`lim holati Janubiy Koreyada qayd etilgan. Bu mamlakatda virusga chalinganlarning 0,68 foizi vafot etgan.

Yana bir statistika: aholi soniga nisbatan virusga eng ko`p chalinish holati Janubiy Koreyada kuzatilmoqda. Bu erda virus yuqtirish holati har million kishiga 142,1 kishi to`g`ri keldi.

Ikkinchi o`rinda Italiya (121,9 kishi) bormoqda. Uchinchi o`rin Eronga (80,9) berildi. Koronavirus eng ko`p tarqalgan Xitoy esa, mazkur ko`rsatkich bo`yicha to`rtinchi o`rinda bormoqda (58,3).

Koronavirusni yuqtirish holatlari keyingi paytda Shveysariya (39,3) va Norvegiya (31,5) mamlakatlarida ham ko`p qayd etilmoqda.

Evropaning qolgan mamlakatlarida ahvol qariyb bir xil, deyiladi mazkur xabarda.

Boshqa yangiliklar