Oliy va o`rta maxsus vazirligi fuqarolarga engillik yaratish maqsadida qo`shni davlatlardan o`qishni ko`chirish natijalarini onlayn bilish imkoniyati yaratilgani haqida xabar bermoqda.
natija.edu.uz tizimi qo`shni davlatlardagi oliy ta`lim muassasalaridan respublika oliy ta`lim muassasalariga o`qishi ko`chirilishi tavsiya etilganlar to`g`risida ma`lumot olish uchun qo`shimcha qulayliklar yaratish maqsadida ishlab chiqildi, deyladi ma`lumotda. Ushbu tizimda respublika tibbiyot oliy ta`lim muassasalariga o`qishni ko`chirish bo`yicha tavsiya etilgan talabalar ro`yxati nazarda tutilmagan.
Hozirda test rejimida ishlayotgan tizim yordamida joriy yilning 7 fevralidan 15 fevraligacha ariza bilan murojaat qilgan fuqarolar o`z natijalarini bilishlari mumkin. Buning uchun fuqaroning pasporti seriyasi va raqami kiritilishi kifoya.
Keyinchalik mazkur tizim faoliyati takomillashtirilib, Yagona davlat interaktiv xizmatlar portali orqali mahalliy va xorijiy oliy ta`lim muassasalaridan o`qishni ko`chirish va qayta tiklash uchun arizalarni qabul qilish bo`yicha davlat xizmati ishga tushirish rejalashtirilgan.
Eslatib o`tamiz, O`zbekiston Respublikasi ta`lim muassasalariga muassasalariga o`qishga qabul qilish bo`yicha Davlat komissiyasining 2020 yil 4 fevraldagi 12-son bayoni bilan qo`shni davlatlarda tahsil olayotgan O`zbekiston Respublikasi fuqarolariga o`qishini respublikamiz oliy ta`lim muassasalariga ko`chirish bo`yicha ariza topshirishga ruxsat berilgan edi.
Arizalar 2020 yil 15 martga qadar arizalar qabul qilinadi.






