AsosiyJamiyat

2021 yildan boshlab g`allaning narxi davlat tomonidan belgilanmaydi

'2021 yildan boshlab g`allaning narxi davlat tomonidan belgilanmaydi'ning rasmi

6 mart kuni “G`alla etishtirish, xarid qilish va sotishga bozor tamoyillarini keng joriy etish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Prezident qarori qabul qilindi. bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.

Qarorga muvofiq, 2020 yil hosilidan davlat xaridlari doirasida tuzilgan kontraktasiya shartnomalari miqdori 25 foizga kamaytiriladi.

2020 yil hosilidan boshlab:

  • davlat buyurtmasi asosida boshoqli don etishtirish amaliyoti bosqichma-bosqich bekor qilinadi;

ichki bozorda don va non mahsulotlari narxlari barqarorligini ta`minlash uchun davlat tomonidan xarid qilinadigan bug`doy barcha korxonalarning donni saqlash omborlarida shartnoma asosida saqlanadi.

2021 yil hosilidan boshlab:

  • davlat tomonidan g`allaga xarid narxini belgilash amaliyotidan to`liq voz kechiladi;
  • davlat xaridi to`liq bekor qilinadi hamda fermerlar va boshqa korxonalar tomonidan etishtiriladigan g`alla barcha iste`molchilarga birja savdolari orqali yoki to`g`ridan-to`g`ri shartnomalar asosida erkin narxlarda sotiladi;
  • ichki bozorda don va non mahsulotlari narxlari barqarorligini ta`minlash uchun zarur miqdordagi don Qishloq xo`jaligini davlat tomonidan qo`llab-quvvatlash jamg`armasi tomonidan shartnoma asosida yoki birja savdolari orqali erkin narxlarda xarid qilinadi;

2021–2023 yillarda urug`lik etkazib berish bosqichma-bosqich Urug`chilikni rivojlantirish markazi tarkibidagi urug`chilik klasterlari va elita urug`chilik xo`jaliklari, g`allachilik klasterlari zimmasiga yuklatiladi.

Har yili 1 avgustga qadar kelgusi yil g`alla hosili uchun kutilayotgan minimal narxlarni e`lon qilinadi va bozorlardagi narxlardan kelib chiqib, har chorakda ushbu narxga tuzatishlar kiritib boriladi.

2020 yil 1 iyundan boshlab:

  • elita urug`chilik xo`jaliklarining g`alla etishtirish xarajatlarini moliyalashtirish uchun tijorat banklari tomonidan Jamg`arma mablag`lari hisobidan 12 oy muddatgacha kreditlar ajratiladi.
  • faqat donni qayta ishlovchi korxonalar hamda donni qayta ishlash quvvatiga ega bo`lgan g`allachilik klasterlari tomonidan respublikada etishtirilgan g`allani xarid qilish uchun tijorat banklari tomonidan 12 oy muddatgacha 50 milliard so`mgacha miqdorda tijorat kreditlari ajratiladi.

 

Shuningdek, 2020 yil 1 mayga qadar:

  • don va non mahsulotlari narxlari barqarorligini ta`minlash uchun xarid qilinadigan g`alla hajmini hududlar kesimida aniqlash va hisob-kitoblarni amalga oshirish hamda g`allani saqlash tartiblari;

“O`zdonmahsulot” AK tizimiga kiruvchi don korxonalarini 2020–2021 yillarda belgilangan tartibda bosqichma-bosqich xususiy sektorga sotish chora-tadbirlari belgilanadi.

    Boshqa yangiliklar