AsosiyDunyo

Eronda 7 kishi koronavirusdan himoyalanaman deb vafot etdi

'Eronda 7 kishi koronavirusdan himoyalanaman deb vafot etdi'ning rasmi

Qayd etilishicha, iste`mol uchun mo`ljallanmagan metanol spirtini iste`mol qilish oqibatida yana to`rt kishi jabrlangan. Ularning ko`zi ko`rmay qolgan. Ma`lum qilinishicha, zaharlanish qurbonlari soni ortishi mumkin.

Eron Sog`liqni saqlash vazirligining ma`lumotlariga ko`ra, mamlakatda koronavirus yuqtirganlar soni etti ming kishidan oshgan. Bemorlarning 2394 nafari tuzalgan, 237 kishi kasallikdan vafot etgan.

Koronavirus tarqalishining oldini olish bo`yicha chora sifatida Eron hukumati mamlakatdagi taxminan 70 ming nafar mahbusni vaqtincha ozod qilgan. Mamlakat Oliy sudi raisi Ibrohim Raisiyning so`zlariga ko`ra, ozod qilinganlar jamiyat uchun xavf tug`dirmasligi maqsadida hukumat zarur choralar ko`rgan.

Xitoy Sog`liqni saqlash ishlari bo`yicha davlat qo`mitasi koronavirus eng kamida 2020 yilning iyun oyiga qadar tarqalishda davom etishini e`lon qildi. Mutaxassisning so`zlariga ko`ra, virus tarqalishining oldini olish uchun chegaralarda sanitar nazoratni kuchaytirish hamda epidemiya tarqalgan xorijiy mamlakatlardan kirib kelayotganlar uchun qat`iy karantin siyosatini belgilash zarur.

JSST koronavirusning yozda butunlay yo`q bo`lib ketishi haqidagi xabarlar yolg`onligini ma`lum qildi. "Virusning tarqalish xususiyati saqlanib qolishi mumkinligini tan olishimiz lozim", — degan tashkilotning sog`liqni saqlash sohasidagi favqulodda vaziyatlar bo`yicha ijrochi direktori Maykl Rayan.

    Boshqa yangiliklar