AsosiyJinoyat

Tashqi kuzatuv kameralari orqali o`g`rilarning shaxsi aniqlandi

'Tashqi kuzatuv kameralari orqali o`g`rilarning shaxsi aniqlandi'ning rasmi

3 mart kuni Sergeli tumani IIO FMBga kelib tushdi. Unda 1 mart kuni taxminan soat 23.00 da “Nug`oy-qo`rg`on” mahallasida uch nafar noma`lum shaxslar 37 yoshli Po`lat B. boshqaruvidagi “Spark” avtomobiliga yo`lovchi sifatida mingan. Yangi Sergeli va Choshtepa ko`chalari kesishmasiga etib borgach, noma`lum shaxslar haydovchidan mashinani to`xtatishni iltimos qilib, tushishgan. Yo`lovchilar ketishgandan so`ng Po`lat o`zining “Samsung A-10” rusumli narxi 1 mln. 400 ming so`m bo`lgan telefoni va 500 AQSh dollari yo`qolganligini payqab, tezda ichki ishlar organlariga xabar qilgan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB Axborot xizmati xabar bermoqda.

Ushbu holat asosida Jinoyat kodeksning 169 moddasi (“O`g`rilik”) bo`yicha jinoiy ish qo`zg`atildi.

Tumani IIO FMB jinoyat qidiruv xodimlari tomonidan ko`rilgan tezkor choralar davomida tashqi kuzatuv kameralari yozuvlari o`rganilgach, o`g`irlikda gumonlanuvchilarning shaxslari aniqlandi va 33 yoshli Azizbek I., 26 yoshli Rustam D. hamda Shamsiddin U.lar qo`lga olindilar.

 

    Boshqa yangiliklar