AsosiyDunyo

Koronavirus dunyo bo`yicha tarqalib, pandemiyaga aylanishi mumkin — JSST

'Koronavirus dunyo bo`yicha tarqalib, pandemiyaga aylanishi mumkin — JSST'ning rasmi

COVID-19 koronavirusi bilan kasallanganlar soni borgan sari ko`payib, ushbu ko`rsatkich o`sib bormoqda, deydi Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Adxan Gebreysus. Bu haqda «RIA Novosti»ga tayanib, xabar berildi.

Tashkilot rahbari koronavirus epidemiyasining nazorat qilishi mumkin bo`lgan birinchi pandemiya, ya`ni kasallikning dunyo miqyosida keng tarqalishiga ulanishi mumkinligini bildirdi.

2019 yilning oxirida Xitoy hukumati JSSTga Xubey provinsiyasining Uxan shahrida noma`lum virus tarqalgani haqida xabar bergan. Keyinchalik mutaxassislar pnevmoniyaga sabab bo`ladigan infeksiya yangi koronavirus ekanini aniqlagan.

JSST infeksiyaning tarqalishini xalqaro darajadagi favqulodda holat deb tan olgan.

9 mart holatiga butun dunyoda 104 mamlakatda 110 ming nafar odam koronavirus yuqtirib olgan, shundan 81 ming nafari Xitoyning o`zidagi bemorlar hisobalanadi. Evropa mamlakatlari orasidagi eng og`ir vaziyat Italiyada kuzatilmoqda: 9100 nafar odam kasallangan, 463 nafar odam vafot etgan.

 

Ma`lumot uchun: Rossiyada 20 nafar odamda koronavirus qayd etilgan. Hukumat kasallikning keng tarqalib ketmasligi uchun kerakli chora-tadbirlarni amalga oshirib kelmoqda.

O`zbekiston Sog`liqni saqlash vazirligining bayonotiga ko`ra, koronavirusga chalingan bemorlar mamlakat hududida qayd qilinmagan.

    Boshqa yangiliklar