Uzbekistan Airways koronavirus tarqalgani tufayli Umra safarini amalga oshirayotgan 244 nafar o`zbekistonlik ziyoratchilarni charter reys bilan Saudiya Arabistonidan olib ketdi.
«Umra amalini bajarayotgan 244 nafar o`zbekistonlik charter reys bilan Jidda shahridan Toshkentga olib ketildi. Barcha yo`lovchilarning tan harorati ikki marta tekshiruvdan o`tkazildi, koronavirus alomatlari topilmadi», — degan agentlik vakili. Qayd etilishicha, olib ketilgan fuqarolarning barchasi yashash joyida 2 hafta davomida shifokorlar nazoratida bo`ladi.
Saudiya Arabistoni Sog`liqni saqlash vazirligi ma`lumotlariga ko`ra, 8 mart kuni qirollikda koronavirusga chalinganlar soni 11 kishiga etgan. Eslatib o`tamiz, koronavirus tarqalgani sababli Uzbekistan Airways 27 fevraldan boshlab Toshkentdan Jidda va Madinaga bo`lgan barcha qatnovlarni vaqtinchalik to`xtatgan edi. Bunga 25 ta davlat, jumladan, O`zbekistondan kelgan turist va ziyoratchilarining Saudiya Arabistoniga kirishi vaqtinchalik man etilgani sabab bo`lgan.
Kompaniya tomonidan qisqa vaqt ichida O`zbekiston fuqarolariga Saudiya Arabistonidan qaytib kelishi uchun bir nechta qatnovlar amalga oshirilishi ma`lum qilingandi.






