AsosiyJamiyat

Farg`onada kollej direktori 100 dollarga qalbaki diplom tayyorlab berdi. Keyin “mijoz” uni video bilan qo`rqitib, 500 dollar so`rab tahdid qildi

'Farg`onada kollej direktori 100 dollarga qalbaki diplom tayyorlab berdi. Keyin “mijoz” uni video bilan qo`rqitib, 500 dollar so`rab tahdid qildi'ning rasmi

Farg`onada qalbaki diplom tayyorlab bergan kollej direktoriga nisbatan tovlamachilik qilgan shaxs ushlandi. Bu haqda “darakchi.uz”ga Bosh prokuratura Matbuot xizmati ma`lum qildi. 

Keltirilishicha, fuqaro N.I.ga Rishton tumani politexnika kasb-hunar kolleji direktori A.R.ni 100 AQSh dollari evaziga kollejni tamomlaganligi haqida soxta diplom tayyorlab bergan.

Shundan so`ng, fuqaro ushbu holatni tasdiqlovchi audioyozuvni huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etishi bilan qo`rqitib, direktor A.R.dan 500 AQSh dollari talab qilgan. Ushbu kelishuv asosida fuqaro kollej rahbaridan aytilgan so`mmani olayotgan vaqtida ushlangan.

Tadbir yakuni bo`yicha fuqaro N.I.dan qalbaki kollej diplomi (ilovasi bilan), A.R. tomonidan yozilgan tilxat va “Samsung Galaxy” rusumli telefon apparati ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro N.I. hamda kollej direktori A.R.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar