AsosiyDunyo

Xitoyning CNPC kompaniyasi gaz importini to`xtatdi

'Xitoyning CNPC kompaniyasi gaz importini to`xtatdi'ning rasmi

Xitoyning CNPC kompaniyasi barcha gaz importiga nisbatan fors-majorni e`lon qildi, deya yozdi Xalq so`zi.  Xitoyda koronavirus epidemiyasi tufayli ko`k yoqilg`ining iste`moli shu qadar pasayganki, davlat kompaniyasi hatto gaz omborlaridan gaz olishni to`xtatdi.

Xitoyning eng yirik gaz importchisi hisoblanadigan China National Petroleum Corp fors-major holatini e`lon qildi. Bloomberg ma`lumotlariga ko`ra, CNPC, PetroChina Co. sho``ba korxonasi shoshilinch choralarni ko`rmoqda va Xitoyga olib kelinadigan suyultirilgan gaz hamda quvurlar orqali import qilinadigan tabiiy gazning etkazib berilishini qisqa muddatga bekor qilishni rejalashtirmoqda.

Avvalroq, davlat kompaniyasi, masalan, SPG yuklarini etkazib berish bo`yicha tuzilgan shartnoma muddatini o`zgartirishga harakat qilgan edi. CNPCda esa ushbu vaziyatga izoh berishdan bosh tortishdi.

“Tabiiy gazga bo`lgan talab keskin pasayib ketdi”, deyiladi Xitoy davlat kompaniyasining veb-saytida. CNPCdagilar o`nta saqlash joylaridan gaz olishni to`xtatganligi haqida qo`shimcha qilishdi.

ICIS tahlilchilari koronavirus epidemiyasi va 2003 yilda SARS virusi tarqalishi o`rtasidagi farqni taqqoslab ko`rishdi, bunga ko`ra, Xitoy yalpi ichki mahsuloti 0,5 foizga pasaygan. Ularning prognozlariga ko`ra, virus Xitoy terminallaridagi suyultirilgan gazning ichki savdolarini pasaytirgan. Natijada, keyingi bir necha oy ichida xitoylik kompaniyalarga haddan tashqari ko`p sarf-xarajat xavf soladi va ular yuklar uchun tuzilgan shartnomalardan voz kechishi yoki boshqa joylarga sotishi kerak bo`ladi.

Ayni damda, Osiyoda gaz narxi allaqachon rekord darajaga – ya`ni ming kubometr uchun 135 dollarga etdi.

    Boshqa yangiliklar