AsosiyDunyo

AQSh Ozarbayjon va Turkmanistonda koronavirusni yuqtirish bo`yicha ogohlantirish darajasini oshirdi

'AQSh Ozarbayjon va Turkmanistonda koronavirusni yuqtirish bo`yicha ogohlantirish darajasini oshirdi'ning rasmi

AQSh Davlat departamenti juma kuni Ozarbayjonga safar qiluvchilar uchun ogohlantirish darajasini oshirdi va amerikaliklarga koronavirus tarqalishi va mamlakat hukumati tomonidan ko`rilayotgan choralar tufayli u erga safar haqida qaytadan o`ylab ko`rishni maslahat berdi. Bu haqda routers.com manbasi asosida sof.uz ma`lum qildi.

Davlat departamenti, shuningdek, Turkmanistonga sayohat qilish bo`yicha ogohlantirish darajasini oshirdi. Bu ham koronavirus bilan bog`liq.

Ikkala mamlakat ham koronavirus bilan bog`liq ko`p holatlar qayd etilmagan, ammo ikkalasi ham Yaqin Sharqdagi koronavirus epidemiyasi markazi Eron bilan chegaradosh.

O`tgan oy AQSh Davlat departamenti Eronga sayohat qilishga oid shunday ogohlantirish bilan chiqqan edi.

Boshqa yangiliklar