AsosiyJamiyat

Koronavirus sabab Xitoydan O`zbekistonga kelayotgan pochtalar kechikayotganligi ma`lum qilindi

'Koronavirus sabab Xitoydan O`zbekistonga kelayotgan pochtalar kechikayotganligi ma`lum qilindi'ning rasmi

So`nggi kunlarda yangi koronavirus tarqalishi tufayli Xitoydan pochta jo`natmalarini qabul qilish bir muncha uzoq muddat talab qilmoqda, deya ma`lum qildi “O`zbekiston pochtasi” AJ.

Keltirilishicha, Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti ma`lumotlariga ko`ra, koronavirus narsalar ustida, jumladan posilka, banderollarda uzoq vaqt saqlanmaydi.

Shunga qaramay, O`zbekiston pochtasi Xitoydan pochta jo`natmalarini qabul qilish, sanitariya-epidemiologik jihatdan ularni xavfsizligini ta`minlash bo`yicha barcha zarur choralarni ko`rgan.

Xitoydan pochta jo`natmalarini etkazib berish kechikishlari asosan ushbu davlat bilan havo transporti parvozlarining vaqtincha to`xtatilishi bilan bog`liq.

Ishontirib aytamizki, O`zbekiston pochtasi xodimlari pochta jo`natmalaringizni tezkorlik bilan etkazib berish uchun doim harakatda, deyiladi jamiyat ma`muriyati xabarida. 

    Boshqa yangiliklar