Angliyaning Sautgempton shahrida yashovchi Zoi Relfning so`zlariga ko`ra, miya operasiyasidan so`ng mahalliy shifoxonaning jonlantirish bo`limida yotgan 3 yoshli o`g`li Leo laqabli it tufayli sog`ayib ketgan. Bu haqda «Lenta.ru» ga tayanib Xabar ma`lum qildi.
Oskar Xaskell ismli bolakay tarqoq ensefalomielitning o`tkir turi bilan og`rigan. Bu kam uchraydigan miya kasalligi hisoblanadi. Bolaning kundan-kunga ahvoli yomonlashaverganidan ota-onasi uni jarrohlik stoliga yotqizishga majbur bo`lgan. U tashqi omillarga reaksiya bermay qo`ygandi. Shifokorlar onasini har qanday vaziyatga tayyor turishdan ogohlantirishdi.
Tibbiyot xodimlari chorasiz qolgan onaga o`lim bilan olishayotgan o`g`lini uy hayvonlari yordamida davolashni taklif etishdi va Leo laqabli itni bola yotgan palataga olib kelishdi. Shifokorlarning maslahati bilan, onasi bola bilan gaplashishga urindi, tuzalganidan so`ng unga kuchukcha sovg`a qilishni va`da berdi. It panjasini bolakayning qo`liga qo`yganda operasiyadan keyin tezlashib qolgan puls birdan me`yorlashgan.
«Naqadar ajoyib! Shifokorlar ho`ng-ho`ng yig`lashdi, bu mo``jizaning o`zginasi edi. Bolaning yuzida harakatdan asar ham qolmagandi, u miq etmay qimirlamay yotardi. Birdan chehrasiga tabassum yugurdi», — deb eslaydi Relf.
Shunga ham to`rt yil bo`libdi. Hozir Oskarning ahvoli ancha yaxshi. Onasi bo`lib o`tgan voqeani hamon eslab, hammaga aytib berib yuradi.






