AsosiyJamiyat

Aholi tomonidan eng talabgor bo`lgan ekspertiza turlari qaysilar?

'Aholi tomonidan eng talabgor bo`lgan ekspertiza turlari qaysilar?'ning rasmi

Bu savolga soha mutasaddilari bilan o`tgan matbuot anjumanida X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud-ekspertiza markazi direktori Akram Xalilov shunday javob berdi:

- Odam DNKsini aniqlash — eng talabgor ekspertiza turlaridan biri. Buni 2 xil asosda aniqlash mumkin. Birinchisi, sud-tergov organlari  tomonidan tayinlanganda, ikkinchisi esa, fuqarolarning o`zlari markaz bilan tuzilgan shartnoma asosida to`lovni amalga oshirib, otalikni aniqlash yoki qarindoshlikni belgilash bo`yicha ekspertiza xulosalarini olishlari mumkin.

Keyingi o`rinda esa sud-qurilish sohasini misol qilishimiz mumkin. Hozirgi kunda respublikamizning barcha hududlarida yangilanishlar ketmoqda. Joylardagi qurilishlarni baholashga ham talablar kuchaymoqda. 

Xozirgi kunda avtotransport vositalari ko`payib, yo`l avtotransport hodisalari soni ham oshmoqda. Buning natijasida sud-avtotexnik ekspertizaga bo`lgan talab kuchaygan.

 

SUD-EKSPERTIZA SOHASIDAGI KORRUPSIYa. U QANDAY BARTARAF ETILADI?

 

- Hukumat qaroriga asosan sohani axborot texnika vositalari bilan ta`minlash, moddiy texnika bazani yaxshilash uchun 3 mln. 326 ming AQSh dollar mablag` ajratildi. Bu bilan sud-ekspertiza jarayonlariga texnika vositalari jalb qilinadi, sud-tergov organlari bilan ham kontakt yo`qolib, inson omilining kamayishini ta`minlash hisobiga korrupsiyaga qarshi kurashishga erishish mumkin va bu dastur 2020 yil yakuniga to`liq ishlab chiqiladi.

Eslatib o`tamiz, biroz avval DNK ekspertizasini o`tkazish tadqiqotlari narxlari bo`yicha ma`lumot bergan edik. 

 

    Boshqa yangiliklar