AsosiyJinoyat

Bo`stonliqda Rossiya fuqarosi gul tuvaklarida giyohvandlik o`simliklarini etishtirayotgani aniqlandi

'Bo`stonliqda Rossiya fuqarosi gul tuvaklarida giyohvandlik o`simliklarini etishtirayotgani aniqlandi'ning rasmi

29 fevral kuni Bo`stonliq tumani hududida tezkor tadbir  o`tkazildi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda. 

Tadbir davomida Rossiya Federasiyasi fuqarosi 52 yoshli G.O., “Chorbog`” qo`rg`onida joylashgan dala hovlisida 42,14 gramm “marixuana” giyohvand vositasini saqlab kelayotganligi, bundan tashqari gul tuvaklarida 51 tub giyohvand o`simliklarini etishtirib parvarishlab kelayotganligi aniqlangan. Tadbir davomida aniqlangan giyohvandlik vositalari va o`simliklar o`rnatilgan tartibda rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Bo`stonliq tumani IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan va G.O., gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan. Dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar