Rossiya prezidenti Vladimir Putin va uning turkiyalik hamkasbi Rajab Toyyib Erdo`g`on Suriyaning shimoli-g`arbiy qismida bo`layotgan janglarni to`xtatish bo`yicha kelishuvlarga erishganliklarini ma`lum qilishdi. Ushbu sulh 5 mart kuni yarim tundan boshlab kuchga kiradi va Idlibda janglar to`xtatiladi, deya xabar berilgan payshanba kuni.
Putin ushbu bitim tinch fuqarolarning azob chekishiga barham berishi va bu hududda vujudga kelgan gumanitar inqirozning yanada yomonlashuvining oldini olishga umid bildirdi.
Shuningdek, bitimda M4 avtomagistrali bo`ylab 12 kilometrlik umumiy xavfsizlik yo`lagini barpo etish ko`zda tutilgan. Mazkur liniya 15 martdan boshlab Rossiya va Turkiya qo`shinlari tomonidan birgalikda nazorat qilinadi.
Putinning aytishicha, u va Erdo`g`an Moskvada olti soatdan ko`proq davom etgan muzokaralar chog`ida qo`shma hujjat bo`yicha ham kelishuvga erishishgan.






