AsosiyJamiyat

Qozog`iston, Qirg`iziston va Tojikistondan o`qishini ko`chirishga ariza topshirganlarning 400 nafardan ko`prog`iga ruxsat berildi

'Qozog`iston, Qirg`iziston va Tojikistondan o`qishini ko`chirishga ariza topshirganlarning 400 nafardan ko`prog`iga ruxsat berildi'ning rasmi

Qo`shni davlatlar (Qozog`iston, Qirg`iziston, Tojikiston)dan o`qishini O`zbekistonga ko`chirishga ariza topshirgan talabalar diqqatiga!

Davlat qabul komissiyasining 2020 yil 28 fevraldagi 13-son bayoni bilan 36 ming 400 nafardan ko`proq talabaga o`qishini 80 ta OTMga ko`chirishga ruxsat beribdi. 

Demak, ariza topshirishda Siz tavsiya etilgan oliy ta`lim muassasasi bilan bog`lanishingiz mumkin. 

Agar hududiy ishchi guruhga talab qilgan hujjatlarni to`g`ri va to`liq topshirgan bo`lsangiz, Davlat komissiyasi bayoni bilan Sizga ruxsat berilgan. 

Oliy ta`lim muassasalari rektorlari bir hafta muddatda o`qishini ko`chirishga ruxsat berilgan talabalarga o`qishda qatnashishlariga ruxsat berish bo`yicha farmoyishlarni rasmiylashtirishlari kerak.

Eslatma!!!

Quyidagi holatlarda qo`shni davlatlardan o`qishni ko`chirishga ruxsat berilmaydi:

*Qo`shni davlatlarning akkreditasiyaga ega bo`lmagan OTMlarida yoki ularning filiallarida o`qiyotgan talabalar;

* Qo`shni davlatlarning OTMlarida kamida bir semestr mobaynida o`qishni davom ettirmasdan, boshqa davlatlarning (xususan, Rossiya Federasiyasi va boshqa davlatlar) OTMlaridan o`qishni o`quv yilining yarmida ko`chirib o`tgan talabalar;

* Qo`shni davlatlarning OTMlarida masofaviy ta`lim shakli bo`yicha va onlayn tarzda tahsil olayotgan talabalarning o`qishini ko`chirishga ruxsat berilmaydi.

Aytgancha, qo`shni davlatlardagi OTMlardan respublika OTMlariga o`qishni ko`chirish FAQATGINA JORIY YILDA Davlat komissiyasi tomonidan belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi, deyilgan Ta`lim xabarlari kanalida.

    Boshqa yangiliklar