AsosiyJamiyat

Koronavirusga daxldor fotosuratlar Kosondagi o`quv mashg`uloti vaqtida olingani ma`lum bo`ldi

'Koronavirusga daxldor fotosuratlar Kosondagi o`quv mashg`uloti vaqtida olingani ma`lum bo`ldi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ko`chadagi niqobli odamlar va “Diqqat, koronavirus!” lavhali “Tez tibbiy yordam” avtomashinasi fotosuratlari hamda Qashqadaryoda koronavirus tarqalganligi haqidagi xabarlar yuzasidan viloyat sog`liqni saqlash boshqarmasi quyidagilarni ma`lum qiladi.

2020 yil 29 fevral kuni Koson tumani tibbiyot birlashmasi, viloyat sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markazi hamda viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamkorligida taktik o`quv mashg`uloti o`tkazilgan. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan fotosuratlar mana shu mashg`ulotlar vaqtida olingan.

Fuqarolardan asoslanmagan, mutasaddi tashkilotlar tomonidan tasdiqlanmagan ma`lumotlarga ishonmasliklarini so`raymiz.

    Boshqa yangiliklar