AsosiyJamiyat

Toshkentda 2 oyda 5 ta zamonaviy svetofor o`rnatildi

'Toshkentda 2 oyda 5 ta zamonaviy svetofor o`rnatildi'ning rasmi

Joriy yilning 2 oyi davomida Toshkent shahar IIBB YHXB Yo`l harakatini tashkil etish va nazorat qilish bo`limi va Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Yo`l harakatini tashkil etish markazi bilan hamkorlikda bir qator ishlar amalga oshirildi.

Xususan poytaxtning markaziy ko`chalariga 5 dona eng oxirgi zamonaviy ko`rinishdagi svetofor qurilmalari o`rnatildi, 521 dona yorug`lik qaytaruvchi yangi yo`l belgilari o`rnatildi,552 dona eski turdagi yo`l belgilari yangi turdagi yorug`lik qaytaruvchi yo`l belgilariga almashtirildi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati xabar berdi.

Shuningdek 189 dona yaroqsiz ahvolga kelgan yo`l belgilari qayta tiklandi, tegishli hokimlik va yo`l idoralariga 6 dona taqdimnomalar kiritildi, 18935,7  kvadrat metr yo`llarga yotiq yo`l chiziqlari chizildi va bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.

    Boshqa yangiliklar