Joriy yilning 4 mart kuni ijtimoiy tarmoqlarda “Xalq ta`limi bo`limi 8 mart bayrami taklifnomasini 100 ming so`mdan pullamoqda” sarlavhali xabar e`lon qilindi.
Holat yuzasidan Andijon viloyati xalq ta`limi boshqarmasi munosabat bilidirdi.
Unga ko`ra, Xo`jaobod tumanidagi umumta`lim maktablarining ayol direktorlari, 2020 yil 5 mart kuni Andijon viloyati teleradikompaniyasi tomonidan tashkil etilayotgan “Xalqaro xotin-qizlar” bayrami munosabati bilan Andijon shahridagi “Oltin vodiy” to`yxonasida yoziladigan bayram dasturxoniga ixtiyoriy ravishda taklifnomalar olgan.
Shuningdek maktab direktorlari bilan o`tkazilgan suhbat jarayonida, taklifnomani sotib olish uchun xech qanday majburlash holatlari kuzatilmaganligi aniqlandi, deyiladi viloyat xalq ta`limi boshqarmasi A`borot xizmati xabarida.






