AsosiyDunyo

Rossiya epidimiya vaqtida kerak bo`ladigan tibbiy mahsulotlarni chetga olib chiqishni taqiqladi

'Rossiya epidimiya vaqtida kerak bo`ladigan tibbiy mahsulotlarni chetga olib chiqishni taqiqladi'ning rasmi

Rossiya hukumati mamlakatdan epidemiya vaqtida kerak bo`ladigan tibbiyot niqoblari, xalat, rezina qo`lqop, vaboga qarshi libos va boshqa tibbiyot mahsulotlarining olib chiqilishini taqiqladi. Farmoyish 4 mart kuni ertalab e`lon qilindi, deya yozdi O`zA

Taqiq 2020 yil 1 iyunga qadar amal qiladi. Hujjatda ta`kidlanishicha, bu choralar koronavirus tarqalayotgan bir vaqtda taqchillikning oldini olish maqsadida ko`rilmoqda. Taqiqlar faqat sanoat partiyalariga taalluqli bo`lib, ro`yxatdagi bir martalik vositalar shaxsiy maqsadlar uchun olib chiqilishi mumkin.

4 mart ertalabki holatga ko`ra koronavirusning COVID-19 turiga qariyb 93 ming kishi chalingan. 3 ming 201 kishi vafot etdi. Infeksiyaning asosiy o`chog`i sifatida Xitoy, Janubiy Koreya, Eron va Italiya bo`lib qolmoqda. Virus 76 ta mamlakatda qayd qilindi.

Moskvada rasmiylar kuni kecha virus gumonida bo`lgan odamlar uchun alohida shifoxona ajratdi – shifoxona Kremldan 30 kilometr uzoqlikdagi Kommunarka tumanida joylashgan. Ma`lumotlarga ko`ra, hozir shaharda koronavirusga chalingan bir kishi bor, yana uch kishi Qozondagi gospitalda karantinga olingan.

 

    Boshqa yangiliklar