Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo`limi xodimlari qo`shni mamlakatdan “Sirdaryo” chegara bojxona posti orqali yurtimizga kirib kelgan fuqaro U.A.ning boshqaruvidagi “DAF” rusumli yuk avtotransport vositasi o`rnatilgan tartibda bojxona ko`rigidan o`tkazildi. Bu haqda Davlat bojxona qo`mitasi axborot xizmati xabar bermoqda
Buni qarangki, ushbu avtotransport vositasining yukxonasida yuk kuzatuv hujjatlarida ko`rsatilmagan, umumiy qiymati 181,5 million so`mlik 3 dona “Kamaz” yuk avtomashinasi qismlarga ajratilgan holda yashirilganligi aniqlandi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.






