Uchrashuvda “Ballast Nedam” kompaniyasi bilan ijtimoiy va infratuzilmaga oid loyihalarni birgalikda amalga oshirish masalasi muhokama etildi.
Ma`lumot o`rnida qayd etish joiz, “Ballast Nedam” kompaniyasi 1877 yilda tashkil etilgan bo`lib, qurilish sohasida 140 yillik tajribaga ega. Kompaniya aeroportlar, shifoxonalar, suv ta`minoti, energetika va issiqlik tizimi, og`ir va engil sanoat, shuningdek, yo`llar, yo`l o`tkazgich va ko`priklar qurish bo`yicha loyihalarni amalga oshiradi.
Ayni payda “Ballast Nedam” kompaniyasi Toshkentda qurilishi rejalashtirilgan yo`llar, estakadalar va er osti yo`llariga oid loyihalarni hamkorlikda amalga oshirishga qiziqish bildirmoqda.
O`zaro muloqot davomida tomonlar hamkorlik masalasini tegishli mutaxassislar bilan atroflicha ko`rib chiqishga kelishdilar.






