AsosiyJinoyat

Ishtixon tuman xalq ta`limi bo`limida 951 million so`mlik talon-torojliklar fosh etildi

'Ishtixon tuman xalq ta`limi bo`limida 951 million so`mlik talon-torojliklar fosh etildi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand viloyat boshqarmasi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, Ishtixon tuman xalq ta`limi bo`limi hisobchisi A.X. va boshqalar jami 951,1 mln so`m byudjet mablag`larini xodimlarga ortiqcha ish haqi hisoblash orqali o`zlashtirishib, o`zlarining shaxsiy manfaatlari uchun ishlatib yuborganliklari aniqlangan. 

Shuningdek, tekshiruvda byudjetdan o`zlashtirilgan mablag`larning 500 mln so`mi Departament tashabbusi bilan undirilgan.

Mazkur holat yuzasidan A.X. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar