AsosiyJamiyat

Gulistonlik "ixtirochi" qonun oldida javob beradigan bo`ldi

'Gulistonlik "ixtirochi" qonun oldida javob beradigan bo`ldi'ning rasmi

 MIBning Sirdaryo viloyati boshqarmasi hamda Guliston shahar bo`limi tezkor xodimlari tomonidan energiya ressurslaridan foydalanishning qonuniyligi yuzasidan tekshirishlar o`tkazilgan.

Tekshiruvchilar Guliston shahri, Namuna mahalla fuqarolar yig`ini Xalqlar do`stligi ko`chasida joylashgan “K.X.N.” mas`uliyati cheklangan jamiyatiga qarashli avtomashinalarni yuvish shahobchasida elektr tarmog`iga ulangan elektr hisoblagich ichiga yashirin ravishda ko`z ilg`amas chip moslamasini o`rnatib, elektr ta`minotiga ta`sir etuvchi pult bilan boshqariladigan “yangi inovasion texnologiya"ni fosh etdi. 

O`tkazilgan surishtiruv harakatlari davomida,  Alchinbek Yukoldiev”  o`zi “kashf” etgan pult orqali elektr hisoblagichni to`xtatib qo`yib, elektr energiyasidan noqonuniy ravishda foydalanib kelgan. Bu “ajoyib ixtiro”si tufayli u elektr ta`minoti korxonasiga “bor-yo`g`i” naqd 23 million 74 ming 605 so`m miqdorida zarar etkazgan.

Byuroning Sirdaryo viloyati boshqarmasi surishtiruv va ma`muriy amaliyot shu`basi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borish jarayonida aniqlangan zarar to`liq undirilib, “noyob iste`dod” sohibining “ixtiro”si uchun unga nisbatan qonuniy chora ko`riladi.

 

    Boshqa yangiliklar