O`zbekiston The Telegraph nashri tomonidan koronavirus yo`q bo`lgan eng go`zal 19 mamlakat ro`yxatiga kiritildi.
Britaniyaning nufuzli The Telegraph nashri koronavirus mavjud bo`lmagan eng chiroyli 19 ta mamlakatning reytingini tuzib chiqdi. Mazkur reytingda O`zbekiston 14-o`rinni egalladi.
The Telegraph ro`yxatida O`zbekiston hududi jihatdan Ispaniyadek keladigan kattaligi va go`zalligi bilan ajralib turadigan mamlakat sifatida tavsiflangan. Uchta diqqatga sazovor tarixiy shahar - Buxoro, Xiva va Samarqand alohida tilga olingan.
Koronavirus mavjud bo`lmagan, dunyoning eng chiroyli 19 mamlakati:
Argentina
Namibiya
Kuba
Turkiya
Mo`g`uliston
Madagaskar
Peru
Maldiv orollari
Malta
Laos
Botsvana
Janubiy Afrika
Chili
O`zbekiston
Polsha
Kolumbiya
Vengriya
Boliviya
Tanzaniya






