"O`zgidromet" markazi ertaga yurtimizda kutilayotgan ob-havo ma`lumoti bilan tanishtirmoqda.
Ertaga poytaxtda havo o`zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-7° iliq, kunduzi 8-10° iliq bo`ladi.
Qoraqalpog`iston Respublikasi, Xorazm Buxoro va Navoiy viloyatlarida esa havo o`zgarib tursada, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 10-15° iliq bo`ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryoda va Surxondaryo viloyatlarida havo o`zgarib, ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2-7° iliq, kunduzi 5-10° iliq bo`ladi.
Andijon, Namangan, Farg`ona viloyatlarida ham havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2-7° iliq, kunduzi 7-12° iliq bo`ladi.
Respublikaning tog`li hududlarida havo o`zgarib, ba`zi joylarda yog`ingarchilik bo`ladi. Tuman tushishi mumkin. Qor ko`chishi xavfi bor. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2-7° iliq, kunduzi 0-5° iliq bo`ladi.






