AsosiyJamiyat

“O`zbekneftgaz” va DXX xodimlari hamkorlikda kondensat o`g`irlaganlikda gumonlanganlarni qo`lga oldi

'“O`zbekneftgaz” va DXX xodimlari hamkorlikda kondensat o`g`irlaganlikda gumonlanganlarni qo`lga oldi'ning rasmi

 “O`zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati korrupsiyaga hamda davlat tabiiy boyliklarini talon-taroj qilayotganlarga qarshi kurashish uchun Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari, Prokuratura, Ichki ishlar organlari bilan hamkorlikni yo`lga qo`ydi. Bu haqda jamiyat Matbuot xizmati darakchi.uzga ma`lum qildi

Jumladan, Buxorodagi “Gazli” neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi va DXXning Romitan tumani bo`limi xodimlari bilan hamkorlikda “Uchqir-Kulbeshkak” konidagi gaz quvuri nazorat qilindi.

Tekshiruv vaqtida gaz quvuriga qo`lbola xomut o`rnatilib, cho`l ichkarisidagi selofandan yasalgan hovuzga plastmassa shlangdan kondensat mahsuloti o`g`irlangani aniqlangan.  

Hamkorlikda o`tkazilgan yana bir tadbir natijasida 8050 litr kondensat o`g`irlangani holati fosh etilgan va G`ijduvon tumani Buqtaroy qishlog`idan bo`lgan to`rt kishi, Qorako`l tumani Ziyorat QFYda yashovchi uch kishi ushbu o`g`irlikda gumon qilinib qo`lga olingan.  Hozirda ushbu holat yuzasidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi g-bandi tartibida №062301/2020-9-sonli jinoyat ishi qo`zg`atildi.  

“O`zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati tabiiy boyliklarni noqonuniy yo`llar bilan talon-taroj qilinishi holatlarini oldini olish va bu holatga chek qo`yish maqsadida huquqni muhofaza qilish idoralari bilan hamkorlikda, keng ko`lamli tadbirlar davom etishini ma`lum qildi.

    Boshqa yangiliklar