Yashnobod tumani Parkent va Mahtumquli ko`chalari kesishmasidagi uch qavatli ko`prik qurilishi ishlarini jadallashtirish va ish jarayonida xavfsizlikni ta`minlash maqsadida joriy yilning 3 mart kuni soat 23:00 dan 13 martga qadar Yashnobod tumanidagi Mahtumquli ko`chasining Parkent, Mirzo Ulug`bek va Pahlavon Mahmud ko`chalari oralig`idagi qismi vaqtincha yopildi.
Shu munossabat bilan mazkur hududdan o`tuvchi 44,95,110,119,129,152-avtobus yo`nalashlarida qatnovchi avtobuslar o`z harakatini 13 martga qadar Parakent, Temur Malik, Do`rmon yo`li, G`azalkent, Oltintepa va yana Parkent ko`chalari orqali davom ettiradi.
18,23,30- avtobus yo`nalishlari esa Parkent, Qorasuv, Alimkent, Elbek, Pahlavon Mahmud, Mahtumquli ko`chalari orqali qatnaydi. Mazkur yo`nalishlardagi avtobuslar harakati vaziyatga qarab yana o`zgartirilishi mumkin.






