AsosiyJamiyat

O`zLiDeP depututlar guruhi Mirishkor tumani hokimini lavozimiga noloyiq deb xulosa berdi

'O`zLiDeP depututlar guruhi Mirishkor tumani hokimini lavozimiga noloyiq deb xulosa berdi'ning rasmi

Ma`lumki, shu yilning 28 fevral kungi yig`ilishda B.Rajabov mahallalar raislarini juda qo`pol so`zlar bilan haqoratlagan audioyozuv ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib ketdi va jamoatchilikning haqli e`tiroziga sabab bo`ldi. Audioyozuvda hokim yig`ilish ishtirokchilarini pul tushumlarini o`z vaqtida ta`minlamagani uchun turli so`zlar bilan haqoratlagani eshitiladi.

Xalq deputatlari Mirishkor tumani kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhining yig`ilishi bo`lib o`tdi. Partiya viloyat kengashi a`zolari ham ishtirok etgan ushbu yig`ilishda tuman hokimi, partiyadan tuman kengashiga saylangan deputat Baxtiyor Rajabov bilan bog`liq vaziyat muhokama qilindi.

Deputatlik guruhi yig`ilishda mazkur holat yuzasidan keskin fikr-mulohazalar bildirildi. Hokimning ushbu xatti-harakati inson sha`ni va qadr-qimmatiga qilingan tajovuz sifatida baholandi. Deputatlik guruhi a`zolari tomonidan bunday hatti xarakatlari bilan B.Rajabov nafaqat Qashqadaryo viloyati nomiga, balki tuman kengashiga O‘zLiDePdan saylangan deputat sifatida partiya nomiga ham salbiy ta`sir ko`rsatayotganligini alohida ta`kidladilar. O‘zLiDeP rahbar har ishni qonun doirasida bajarishi, agar hokimning qonuniy talabini bajarmaydiganlar bo`lsa, ularga haqoratlash, shaxsiyatiga tegish yo`li bilan emas aynan qonun doirasida chora ko`rishi lozim deb hisoblaydi. Bu kabi holatlarni esa keskin qoralaydi. Zero, bugungi kun hokimi o`z ishi bilan, so`zi bilan, xulq-atvori bilan barchaga o`rnak bo`lishi shart. Shiddat bilan kechayotgan islohotlar shuni talab etadi. Eng muhimi, hech kim o`z hatti-xarakatlari bilan islohotlarga soya solishi mumkin emas, bundaylarga safimizda o`rin yo`q!

Deputatlar ushbu masalada o`zlarining keskin fikrlarini bayon qilib, B.Rajabov  egallab turgan lavozimiga mutlaqo noloyiq deb hisoblashlarini va tuman xokimi bilan bog`liq masalani tuman sessiyasida ko`rib chiqish uchun kiritish va unda ushbu masalaga nisbatan O‘zLiDeP deputatlik guruhining qat`iy munosabatini bildirish lozimligi borasida takliflarini o`rtaga tashladilar. 

Ko`rilgan masalalar yuzasidan deputatlik guruhining tegishli qarori qabul qilindi.

Eslatib o`tamiz, 2 mart kuni Mirishkor tumani hokimining mahalla raislarini so`kkani va urgani haqidagi audio tarqaldi. Qashqadaryo viloyati hokimligi bu ovoz haqiqatdan ham Mirishkor tumani hokimi B.Radjabovning ovozi ekanligini tasdiqladi

Shuningdek, Bosh prokuratura ushbu holat bo`yicha tekshiruvlar boshlanganini ma`lum qildi.

Shundan so`ng, so`kong`ich hokim holatni izohlab, mahalla raislarini urganini rad etdi.

Ayni paytda ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama etilayotgan mazkur voqeaga bloger Xushnud Xudoyberdiev ham o`z munosabatini bildirdi. Shuningdek, haddidan oshgan hokim deputat Rasul Kusherbaev tomonidan ham  keskin tanqid qilindi.

Sal avval, Mirishkor tumani hokimi mahalla raislaridan uzr so`ragani xabar qilingan edi.

    Boshqa yangiliklar