AsosiyJamiyat

Chilonzordagi 184-maktabda 8 mart uchun pul yig`ilayotgan sinflarning rahbarlariga jazo qo`llanildi

'Chilonzordagi 184-maktabda 8 mart uchun pul yig`ilayotgan sinflarning rahbarlariga jazo qo`llanildi'ning rasmi

Chilonzor tumanidagi 184-umumiy o`rta ta`lim maktabida noqonuniy pul yig`imlari bo`layotgani va bu bo`yicha ko`rilgan chora yuzasidan Xalq ta`limi vazirligi Matbuot kotibi ma`lum qildi. 

Keltirilishicha, Chilonzor tuman xalq ta`limi bo`limi tomonidan mazkur holat o`rganildi va o`rganish natijasida 184-umumiy o`rta ta`lim maktabining 2-“V”, 8-“B”, 10-“G” sinflarida bayram munosabati bilan pul yig`imlari yig`ilayotganligi aniqlandi.

Ushbu holat bo`yicha maktab direktori L.G.Ramazonovadan tushuntirish xati olindi va pul yig`imlari aniqlangan sinf rahbarlari L.Shaymuhametova, E.Gildieva va G.Rahmonovalarga O`zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 181-moddasiga asosan intizomiy jazo chorasi qo`llanilgan.

Yuqorida ko`rsatilgan holatni oldini olish maqsadida Chilonzor tuman xalq ta`limi xodimlari, maktabning pedagog xodimlari va Kuzatuv kengashi a`zolari ishtirokida “Noqonuniy pul yig`imlari”ni oldini olish mavzusida navbatdan tashqari direktor huzurida yig`ilish o`tkazildi, deya izoh bergan Chilonzor tumani XTB.

    Boshqa yangiliklar