3 mart soat 23:00 dan 13 martga qadar Yashnobod tumanidagi Maxtumquli ko`chasining Parkent va Pahlavon Mahmud ko`chalari oralig`idagi qismi vaqtincha yopiladi.
Mazkur cheklov Yashnobod tumani Parkent va Maxtumquli ko`chalari kesishmasidagi uch qavatli ko`prik qurilishi ishlarini jadallashtirish va ish jarayonida xavfsizlikni ta`minlash maqsadida amalga oshiriladi.
Shu vaqt oralig`ida ushbu yo`nalish bo`ylab harakatlanuvchi transport vositalari aylanma yo`llar orqali yurishlari mumkin bo`ladi.
Toshkent shahar hokimligi keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so`radi.






