AsosiyJinoyat

Sirdaryoda fuqaro tomonidan qaychi bilan og`ir tan jarohati etkazildi

'Sirdaryoda fuqaro tomonidan qaychi bilan og`ir tan jarohati etkazildi'ning rasmi

22 fevral kuni taxminan soat 21:00 larda 30 yoshli B.K. Sirdaryo viloyati Yangier shahri Alisher Navoiy ko`chasida o`zaro janjal oqibatida 42 yoshli A.T.ni qorin qismiga temir qaychi bilan urib tan jarohati etkazgan.

Natijada A.T. shifoxonaga yotqizilgan. Sudga oid ekspertizaning 28 fevraldagi xulosasiga ko`ra, A.T. og`ir tan jarohatlari olgan. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti Axborot xizmati xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan Yangier shahri IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi «e» bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan va B.K. prosessual tartibda ushlangan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar